Yangiliklar

AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, Xalq qabulxonasi axborotlarini hamda tuman hokimi va hududiy davlat tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tartibi belgilandi.

📄Kengash qarori: III-26-82-14-206-K/26-son, 2026-yil 20-oktabr.

⚖️Qaror O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6 va 24-moddalari hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-360-V-son qarori asosida qabul qilingan.

🎯Mazkur hujjat aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.