Yangiliklar

MAJBURIY IJRO BYUROSI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati I. Ashrapova tomonidan Yunusobod tumani Majburiy ijro byurosi faoliyati bilan tanishildi.

🔎O‘rganish davomida fuqarolar va tashkilotlarning turli yo‘nalishlardagi qarzdorliklarini undirish, ijro hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

✍️Jumladan, kommunal xizmatlar, kredit va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarni undirish, ijro ishlarini yuritish hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

⚖️Mazkur ishlar, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-258-II-son) talablari asosida ijro hujjatlarining bajarilishi, qarzdorliklarni undirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari o‘rganildi.

🤝Deputat tomonidan ijro hujjatlarining samarali bajarilishini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud qarzdorliklarni qonuniy tartibda undirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2