Yangiliklar

JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA

«Eng muhim 24 ta yo‘nalish»ning 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa, qizil va sariq toifadagi hududlarda jinoyatlarni barvaqt aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Musaeva D. tomonidan “Akbarobod”mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔎O‘rganish davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik talablari asosida tashkil etilmoqda.

📌Shuningdek, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, jinoyat sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, ichki ishlar organlari, mahalla faollari va profilaktika inspektori hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1