Yangiliklar

“QO‘SHCHINOR” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Yu.Ibragimov tomonidan “Qo‘shchinor” mahallasida Ma’naviyat va Nuroniylar tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida yoshlar tarbiyasi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish hamda nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan ishlar bilan tanishildi.

⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunchilik talablari asosida ma’naviy muhitni mustahkamlash va yoshlar tarbiyasini kuchaytirishga qaratilgan.

🏛Shuningdek, mavjud tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2