Yangiliklar

YUNUSOBOD TUMANIDA 250-MAKTABDA O‘ZBEK TILIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Yunusobod tumanining “Sevinch” mahallasidagi 250-sonli umumta’lim maktabida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati I. Ashrapova ishtirok etib, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, ona tilimizni asrab-avaylash va uning nufuzini yanada yuksaltirishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

🇺🇿Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida ona tiliga, milliy qadriyatlarimizga va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni yanada mustahkamlash, o‘zbek tilini hurmat qilish va uni kelajak avlodga asrab-avaylab yetkazish tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

🎗Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ijodiy chiqishlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, yoshlarni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat va ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Slide 1 of 3