Yangiliklar

DEPUTATLIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI

Jarayonda deputatlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlari, saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni mahalliy Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar faoliyati orqali ko‘rib chiqish, deputatlik so‘rovlari samaradorligini oshirish hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Bunday targ‘ibot-tushuntirish ishlari deputatlarning o‘z vakolat va mas’uliyatini yanada chuqur anglashiga, aholi bilan hamkorlikni mustahkamlashga hamda hududlarni rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 3