Yangiliklar

SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA!

SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA!

💎Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari, aholi bilan muloqotlari hamda joylarda o‘tkazgan o‘rganishlari natijasida aniqlangan muammolar ro‘yxati shakllantirildi.

🤖 Ro‘yxatga jami 21 ta muammo kiritilgan.

✅Ular orasida mahalla ko‘chalarini ta’mirlash, yo‘llarga shag‘al-tosh yotqizish, elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘l belgilarini o‘rnatish, drenaj tizimi bilan bog‘liq masalalar hamda boshqa dolzarb muammolar mavjud.

✅Mazkur masalalar tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga biriktirilgan bo‘lib, ularning hal etilishi aholi turmush sharoitini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👍 Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari va joylarda aniqlangan muammolarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ishlari davom ettiriladi.     

Slide 1 of 3