Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI BESAMAR KETMADI — MASH’AL MAHALLASIDAGI KO‘PRIK TA’MIRLANDI!

 DEPUTAT SO‘ROVI BESAMAR KETMADI — MASH’AL MAHALLASIDAGI KO‘PRIK TA’MIRLANDI!

📍 Pastdarg‘om tumani Mash’al mahallasida aholi uchun muhim bo‘lgan ko‘prik deputat Saidov Mahmud tashabbusi bilan ta’mirlandi.

👍 Fuqarolar murojaati va mahalla ehtiyojlariga e’tibor qaratilishi natijasida ko‘prikni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bu esa aholining kundalik harakatlanishi uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.
✅Deputat so‘rovi — amaliy natija!

✅Aholi muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini tegishli tashkilotlarga yetkazish va ularning ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

📌 Mash’al mahallasida amalga oshirilgan ushbu ish aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmasdan, ularni amaliy natijaga yo‘naltirish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Slide 1 of 1