Yangiliklar

🛣 “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi doirasida o‘rganish

🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirokida Katqal’a mahallasidagi ichki avtomobil yo‘llarining holatini o‘rgandi.
📌 O‘rganish davomida ichki yo‘llarning holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
⚖️ Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-117-sonli “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida amalga oshirildi.