Yangiliklar

🏛 Sessiya qarori ijrosi Kengash raisi tomonidan o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich Katqal’a mahallasida Vazirlar Mahkamasining 655-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi sessiyasi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda.
🛣 O‘rganish davomida mahallaning ichki ko‘chalariga mayda tosh yotqizish ishlari ko‘zdan kechirilib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishilmoqda.
✅ Mazkur o‘rganish sessiya qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi uchun qulay yo‘l sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.