Yangiliklar

Navbahor mahallasida ishchi guruh tashkil etildi

🏛 Navbahor mahallasida ishchi guruh tashkil etildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 6-saylov okrugi deputati Jumonova Saodat Isoqovna tomonidan Navbahor mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishida ishchi guruh shakllantirildi.
👥 Ishchi guruh tarkibiga:
🔹 Allanazarov Zavidin Ilhomovich — MFY raisi;
🔹 Xujamberdiyev Shamsiddin Usanovich — hokim yordamchisi;
🔹 Ashurova Oysha Olmosovna — xotin-qizlar faoli;
🔹 Xusanov Ahror Xudoyberdiyevich — yoshlar yetakchisi;
🔹 Islomov Sattor — nuroniy kiritildi.
📌 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini manzilli o‘rganish, ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish, daromad manbalarini yaratish, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.
🤝 Mazkur ishlar deputatlik nazorati asosida mahalla faollari bilan hamkorlikda olib borilib, aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechimlar ishlab chiqiladi.

Slide 1 of 1