Yangiliklar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Norboyev o‘z hududidagi Navro‘z mahallasida joylashgan 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, qozonxona holati, koʻmir zaxirasi, elektr va boshqa muhandislik tarmoqlarining mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun qish mavsumida zarur sharoitlarni yaratish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Kuz-qish mavsumini betalafot va samarali o‘tkazish masalasi deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 5