#Kunlik_ish_reja
#Haftalik _ish_reja #Fuqarolar_murojaati
#Deputat_faoliyati
#Mahalla_yettiligi
#Hamkorlik
Ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rquvvat To‘rayev tomonidan Navro‘z mahallasi raisi hamda mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda hududda ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolarning murojaatlari va ijtimoiy muammolari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida, ayniqsa, kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan hamda notinch oilalarning holatiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning murojaatlari tinglandi va mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmasdan, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga ko‘maklashish.