#Haftalik_ish_reja
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 Deputat tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K.Xashimova “Qorabog‘” mahallasida faoliyat yuritayotgan non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi F.Bozorovaning oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
🔹 Tashrif davomida korxonada yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish jarayoni hamda tadbirkorning faoliyati bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
🔹 Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Deputatlar tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube