Javobda mazkur hududlarda issiqlik tarmoqlarini tortish, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida ITP o‘rnatish hamda xonadonlarga isitish batareyalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilayotgani va davom ettirilayotgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, “RK-2” qozonxonasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangach, quruvchi pudrat tashkilotlari tomonidan hududlarda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi bildirilgan.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi