#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi.
📝 Majlis kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
1️⃣ O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida 2026-yilning III choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala.
2️⃣ “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala.
💬 Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli takliflar ilgari surildi. Masalalar atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli fikrlar almashildi.
✅ Yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun ma’qullandi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube