Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Neʼmatjon Po‘latovich tomonidan “Nukus” mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro K.K va uning oila aʼzolariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan oilaga masʼul korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning holati hamda samaradorligi tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqaro K.K ning davolanishi uchun «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi»ga bepul yo‘llanma (order) rasmiylashtirilib, topshirildi.
Murojaatni o‘rganish natijasida fuqaroning davolanishi uchun zarur shart-sharoit yaratilishi taʼminlandi.