Yangiliklar

Fuqarolarning murojaatlari joyida o‘rganildi

Fuqarolarning murojaatlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva tomonidan hududdagi fuqarolarning kundalik muammolari va takliflarini o‘rganish maqsadida xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan bevosita muloqot qilindi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, muammo va takliflar tinglanib, aniqlangan masalalar “Murojaatlar daftari”ga qayd etildi. Har bir murojaat bo‘yicha masalani joyida o‘rganish hamda imkon qadar amaliy yechim topishga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, fuqarolarga zarur tushuntirish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2