Maktabdagi zamonaviy sharoitlar bilan tanishildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan saylangan hudud — Bunyodkor MFYdagi 4-sonli umumta’lim maktabida Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov bilan birgalikda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Jumladan, maktabdagi kompyuter xonasi ko‘zdan kechirilib, uning zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlanganligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xonadan samarali foydalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.
Shuningdek, maktabdagi faollar zalining holati, jihozlanganlik darajasi va o‘quvchilar hamda jamoatchilik tadbirlarini o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Yosh avlod uchun zamonaviy bilim olish va o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar Yangi O‘zbekiston qiyofasini shakllantirish, bilimli, faol va tashabbuskor avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi.