35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi, 2-Boyrachi saylov okrugi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Bog‘bon MFY raisi bilan birgalikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan, Bog‘zor ko‘chasida yashovchi, davlat ta’minotidagi fuqaro X.M.ning oilaviy holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy sharoiti, mavjud ehtiyojlari va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan ehtiyojlar yuzasidan tegishli tartibda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.