35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARO BILAN ISH OLIB BORILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi, 2-Boyrachi saylov okrugi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Bog‘bon MFY raisi bilan birgalikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan, davlat ta’minotidagi nogironligi bo‘lgan fuqaro M.F.ning bandligini ta’minlash masalasini o‘rgandi.
💼 O‘rganish davomida fuqaro uchun tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan korxona va tashkilotlarga ishga joylashish bo‘yicha takliflar bildirildi.
📌 Fuqaroning bandligini ta’minlash va munosib ish o‘rniga joylashtirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.