35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Quyidarxon mahallasida issiqlik tizimini yangilash ishlari o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari

Quyidarxon mahallasida issiqlik tizimini yangilash ishlari o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “10-Oqmachit” saylov okrugi deputati Abdullayev Farxod Ravshanovich tashabbusi bilan tumandagi Quyidarxon mahallasida “Veolia Energy Tashkent” MChJ XK tomonidan amalga oshirilayotgan issiqlik tizimini yangilash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

📁 O‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi doirasida tashkil etildi. Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati, ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

🧠 O‘rganish davomida issiqlik tizimini yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning amaldagi holati, ularning bajarilish jarayoni hamda hudud aholisi uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

📝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 4