Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
📊 Qaror ijrosi doirasida investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔎 Yig‘ilishda topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, muammolarni joyida bartaraf etish hamda ijro intizomi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
📝 Yakunda PQ-468-son qarori ijrosi qoniqarli deb topilib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.