Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Q.Bobojonov tomonidan Gulzor mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan taqdim etilgan imtiyozlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida Guldasta ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Marg‘uba Allanazarova davolanish uchun order ajratilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Murojaat “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etilib, mas’ullar bilan bog‘lanildi. Natijada murojaat tibbiyot birlashmasi rahbari bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi. ✅
📌 Xalq dardi — deputat e’tiborida. Har bir murojaat — nazoratda, har bir muammo — yechim sari!