35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Bilimlar kuni — yangi o‘quv yiliga yangi marralar sari!

Paxtakor tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda Bilimlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazilib, yangi 2026/2027-o‘quv yiliga start berildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati S.Ulug‘murodov, Paxtakor tumani hokimi o‘rinbosari Ozoda Otajonova, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan o‘quvchilar va pedagoglarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Bayram tadbirida yangi o‘quv yilining ilk kuni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanib, o‘quvchilarga yangi bilim, ulkan marralar va muvaffaqiyatlar tilak bildirildi.

✨ Bilim — kelajak poydevori! Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!

Slide 1 of 4