35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Deputatlik_nazorat #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

OʻzLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining 6-Sarxumdon saylov okrugi deputati Z.Kurganov tomonidan “Gulobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 41-sonli umumtaʼlim maktabida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati hamda maktab bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga qamrab olish masalalari yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Oʻrganish davomida maktabning yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, oʻquv xonalari va mavjud infratuzilmaning holati, oʻquvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, bitiruvchilarni oliy va professional taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish, ularni kasb tanlashga koʻmaklashish hamda taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻrganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, taʼlim muassasasining yangi oʻquv yiliga tayyorgarligini yanada yaxshilash hamda bitiruvchilarning kelgusidagi taʼlim va kasbiy yoʻnalishini belgilashiga koʻmaklashish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Sifatli taʼlim va yoshlar kelajagi — doimiy eʼtiborda va deputat nazoratida.

Slide 1 of 3