Tadbirlar davomida dastlab harbiy xizmatga boruvchi yoshlar bilan uchrashilib, ularga armiya safidagi tartib-qoidalar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda imtiyozlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Soha mutasaddilari yoshlarga Sharafli burchni ado etishda har bir yoshning vazifasi ekanligi aytildi.
Shuningdek, uchrashuvning ikkinchi qismida mahallalardan tashrif buyurgan yoshlarning murojaat va takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar va turli masalalar nazoratga olinib, ularni qisqa muddatlarda hal etish bo'yicha tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga aniq topshiriq va ko'rsatmalar berildi.