35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Hududdagi tadbirkorlar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

🤝💼 Hududdagi tadbirkorlar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

✍️ O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Berdiyarova hamda tuman Kengashi deputati, doimiy komissiyasi raisi K.Karimova tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

🗓️Uchrashuvlar davomida tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qonunda belgilangan kafolatlarning amaldagi ijrosi, tadbirkorlarning faoliyati davomida uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari o‘rganildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarida fuqarolarni ish bilan ta’minlash holati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va faoliyat samaradorligi yuzasidan ham tahlillar olib borildi.

🪧O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini oshirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 4