35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kotibiyat bosh mutaxassisi hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi

Kotibiyat bosh mutaxassisi hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi V. Ro‘ziyev Po‘latchi mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, fuqarolarni imtiyozli kredit va subsidiya dasturlariga jalb etish, shuningdek, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar joylarda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2