35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#nazorat tadbirlari

Olmaliq shahridagi "Uvaysiy" mahallasi aholisining yashash sharoitlari va kommunal sohadagi muammolari Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari e’tiborida.

🔎 Kengash deputatlari Sevar Qodirova, Muhiddin Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Ne’matullayeva ishtirokida hududdagi ko‘p qavatli uylarning holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
💧 Xonadonlarga issiq va sovuq suv yetkazib berish darajasi;
⚡️ Elektr energiyasi ta’minotidagi barqarorlik;
🔥 Tabiiy gaz bosimi va xavfsizligi.
🔍🌡issiqlik tizimidagi muammolar

📉 O‘rganishlar natijasida aniqlangan tizimli kamchiliklar va aholi tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan tegishli tashkilot mas’ullariga deputatlik murojaatlari (so‘rovlari) yuborishga kelishib olindi.

Slide 1 of 5