35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kotib

🏛 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yangi Avayxon” mahallasida xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 19-Minglola saylov okrugidan saylangan deputat, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Shuxrat Fayziyev 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Mazkur yig‘ilishda tuman hokimligi, kommunal xizmat va “Madad” NNT vakillari, xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi ishtirok etdilar.

🔎 Deputat axborot davrida “Yangi Avayxon” va “Minglola” mahalla fuqarolar yig‘inlarida muntazam uchrashuvlar o‘tkazilganini qayd etdi.

📁 Mahalla yettiligi vakillari “Mahalla obodligi va mehr-saxovat” oyligi doirasida keng ko‘lamli hashar tadbirlarini tashkil etish hamda bevosita amalga oshirayotgan ishlari xaqida aytib o‘tdilar. 

📉 Shuningdek, tadbirda mutasaddilar hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida gapirib, ishtirokchilarning savollariga javob qaytardilar.

🔺 Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif-mulohazalar deputatlik nazoratiga olinishi, ularni tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlanib, jamoat ishlarida faollik ko‘rsatayotgan uy va ko‘cha boshlariga minnatdorchilik bildirib o‘tildi.

Slide 1 of 8