Olmaliq shahridagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Kuni kecha “Toshkent” mahallasi hududida joylashgan 11-sonli maktab faoliyati deputatlar guruhi tomonidan atroflicha o‘rganildi. Jarayonda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Muhiddin Abdullayev (21-okrug), Sevar Qodirova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Mukarram Ne’matullayeva ishtirok etishdi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🔥 Issiqlik tizimi: Maktabning isitish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida quvurlarni yuqori bosim ostida yuvish va tozalash ishlari qay darajada bajarilayotgani ko‘zdan kechirildi. Bu qish kunlarida sinf xonalarida barqaror haroratni saqlash imkonini beradi.
🍎 Sog‘lom ovqatlanish: Maktab oshxonasining sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiqligi, mahsulotlarning sifati va o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar tekshirildi.
"Maqsadimiz — farzandlarimizning nafaqat sifatli ta'lim olishi, balki issiq va xavfsiz sharoitda voyaga yetishini ta'minlashdir"