#ish_reja_ijrosi
📌 Do‘stlik mahallasida fuqarolar qabuli
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida saylovchilar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularning har biri yuzasidan tegishli choralar belgilash mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Deputat tomonidan murojaatlarni o‘z vaqtida va samarali hal etishga alohida e’tibor qaratilishi, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi bunday uchrashuvlar muntazam davom ettiriladi.