35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#nazorat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Faxriddin Matasimov hamda Abdujabbor Djurayevlar tomonidan shahrimizning “Zarbuloq” va “Tinchlik” mahallalarida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Bu galgi o‘rganishlar markazida aholi punktlaridan maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida, o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi masalasi bo‘ldi.
Hududda chiqindilarni tashish ishlari “Angren Bunyod Fayz” MCHJ tomonidan yo‘lga qo'yilgan bo'lib, jarayon tartibli va tizimli tashkil etilgan.
Maxsus texnikalar yordamida chiqindilar belgilangan muddatlarda, kechikishlarsiz olib chiqib ketilayotganligi kuzatildi.
Muloqot davomida mahalla ahli xizmat ko‘rsatish sifatidan mamnun ekanliklarini va tozalik ishlarida ijobiy o‘zgarishlar borligini ta’kidlashdi.
🗑Tozalik — barchamizning mas’uliyatimiz!
Ona tabiatni asrash va shahar pokizaligini saqlash deputatlarimizning doimiy e’tiborida. Bu kabi nazorat tadbirlari shahrimizning barcha hududlarida davom ettiriladi.