Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Shokirova hamda Bekobod tumani adliya boʻlimi yuristi O.Ashurov ishtirokida Bunyodkor mahallasida huquqiy targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–336-son Qonunining mazmun-mohiyati, xususiy mulkni himoya qilishning huquqiy asoslari hamda mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlashga oid muhim masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga huquqiy izoh va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.