2026-yil 20–25-iyul kunlari Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolarni Kengash faoliyati bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida axborot-targ‘ibot ishlari izchil davom ettirildi.
📌 Hafta davomida Kengash sessiyalariga oid jami 30 ta axborot posti ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilindi.
📍 Ushbu postlarda:
✅ sessiyalarning kun tartibiga kiritilgan masalalar;
✅ sessiya oldidan olib borilgan o‘rganishlar;
✅ qabul qilingan qarorlar va ularning mazmuni;
✅ deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar;
✅ Kengash qarorlarining ijrosi hamda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritildi.
🤝 Sessiyalar faoliyatini muntazam yoritib borish fuqarolarning Kengash faoliyati to‘g‘risidagi xabardorligini oshiradi.