35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#HaftalikSarhisob | Sessiya oldidan manzilli o‘rganishlar amalga oshirildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 20–25-iyul kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga ko‘ra, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni har tomonlama va sifatli ko‘rib chiqish maqsadida deputatlar tomonidan 17 marotaba saylov okruglarida o‘rganishlar olib borildi.

🔹 O‘rganishlar davomida hududlardagi mavjud holat tahlil qilinib, fuqarolar fikr va takliflari o‘rganildi.

🔹 Aniqlangan muammolar va takliflar sessiya materiallarini tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda.

🔹 Mazkur amaliy ishlar Kengash qarorlarini puxta asoslangan holda qabul qilish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

✅ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan hududlarni rivojlantirish va aholi manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.