Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan 8-Lutfiy saylov okrugi hududidagi "1-Qatortol" mahallasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli deputat so‘rovi yuborildi.
Deputatlik o‘rganuvi davomida bolalar sport maydonchasining sim to‘siqlari yaroqsiz holga kelgani, ayrim sport va o‘yin uskunalari esa ta'mirtalab ekani aniqlandi. Mazkur holat bolalar va yoshlarning xavfsizligi hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan bolalar sport maydonchasini belgilangan talablarga muvofiq ta'mirlash, yaroqsiz sim to‘siqlarni yangilash, sport va o‘yin uskunalarini ta'mirlash yoki almashtirish hamda hududda xavfsiz va zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha tegishli mas'ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.
Mazkur masalaning ijrosi deputatlik nazorati doirasida muntazam monitoring qilib boriladi.