35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi “Al Farobiy” okrugi deputati, Adolat SDP a’zosi Elmurot Amirov o‘z saylov okrugida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” bilan xududdagi dolzab masalalar bo‘yicha  uchrashib, amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Uchrashuv davomida mahalla vakillari bilan hududda aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash, obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, deputat tomonidan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi bo‘yicha murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda murojaatlar nazoratga olindi.

Slide 1 of 3