🏛 Deputat tashabbusi bilan yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och-Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Qarabog‘” mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida deputat tashabbusi asosida Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan “Qarabog‘” mahallasidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani ko‘zdan kechirildi.
🚜 Ta’mirlash jarayonida yo‘l qoplamasining holati, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganildi. Mazkur ishlar mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
✅ Deputat tomonidan hududdagi muammolarni o‘rganish, aholi murojaatlarini hal etish hamda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.