Xususan, “Bobolochin” mahallasida ham mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari birlashib, ko‘cha va yo‘laklar, ichki yo‘llar, ariq-zovurlar hamda jamoat joylarini obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Hashar davomida hududlar chiqindilardan tozalanib, begona o‘tlar o‘rilmoqda, atrof-muhitni yanada ozoda va ko‘rkam qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda obod muhitni yaratish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Abdusamatov Sherzod
Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman kengashi
kotibiyati mudiri