Yangiliklar

HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

  O‘rganishda mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. 

🔰 O‘rganish jarayonida ayrim masalalar yuzasidan kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda hokim yordamchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi murojaatlariga tezkor va sifatli yechim topish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 

🔹 Mazkur o‘rganish ishlari kelgusida mahallada ijtimoiy-iqtisodiy holatni yanada yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1