Yangiliklar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Shoanvar Shomaxmudov okrugidagi 225-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida o‘quv xonalari, kutubxona, sport zali, moddiy-texnika bazasi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash, yangi o‘quv binosining qurilishi va obodonlashtirish ishlarining borishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida muassasani yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holga keltirish, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda qulay muhitni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4