Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Kurbanova Shoxzoda Nashpanovna tashabbusi bilan 6-son tug‘ruq kompleksida “Xotin-qizlar va yoshlar salomatligi – sog‘lom millat, barqaror taraqqiyot garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda 6-son tug‘ruq kompleksi shifokor va hamshiralari, XDP deputatlari hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zolari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston dasturiy maqsad vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, savol-javoblar o‘tkazildi.