Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
🫥 Mazkur yangiliklar mamlakatimizda suv resurslarini oqilona boshqarish, tejash va samarali foydalanishga qaratilgan bo‘lib, suv tanqisligining oldini olish va suv xoʻjaligini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.
💠 Suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash kuchaytiriladi
💠 Suv xoʻjaligi tashkilotlarining vakolatlari va javobgarligi aniq belgilandi
💠 Suv isteʼmolchilari uyushmalarining huquqlari va majburiyatlari kengaytirildi
💠 Suv yetkazib berish va boshqa xizmatlar uchun toʻlov tizimi shartnoma asosida tartibga solinadi
💠 Suvdan foydalanishda zamonaviy, raqamli va innovatsion yondashuvlar keng joriy etiladi
💠 Suv obyektlarini muhofaza qilish, ulardan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi
🫥 Ushbu oʻzgarishlar suv resurslarini kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash, ekologik barqarorlikni taʼminlash va aholining hayot sifatini oshirishga qaratilgan.
📌 Eslatma: Ushbu qonun 2025-yil 31-oktabrdan boshlab yangi Suv kodeksi kuchga kirishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotadi.