Yangiliklar

📌 Deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, muammolarni o‘rgandi

🏛 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Abduroziqova Nasiba Alimovna Shirinobod mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, fuqarolarning yashash sharoitlari hamda ularni qiynayotgan masalalar bilan yaqindan tanishdi.

🏠 Uchrashuv doirasida deputat mahalladagi bir qator xonadonlarga kirib borib, aholi bilan suhbatlashdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, hududdagi mavjud muammolar o‘rganildi.

📝 Qabul jarayonida aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish va mas’ullarga vazifalar belgilash bo‘yicha ishlar tashkil etilmoqda.

✅ Ko‘tarilgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1