Yangiliklar

Tadbirkor murojaati o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi raisi S.Nasretdinov nomiga kelib tushgan murojaat asosida “O‘rta Masjid” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Gumbaz” qurilish materiallari savdo majmuasidagi tadbirkorlar o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli holat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔰 O‘rganishda Kengash raisi S.Nasretdinov, kotibiyat mudiri A.Kerimov hamda saylov okrugi deputati I.Rasulov ishtirok etdi.

✅ Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tadbirkorlarning fikrlari tinglanib, muammoni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📝 Masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1