Yangiliklar

Deputatlik so‘rovi yuzasidan tuman ekologiya va iqlim o'zgarishi bo'limi tomonidan o‘rganish olib borildi

❗️Do‘stobod mahallasi aholisi murojaatiga asosan Parkent (Siolkovskiy) ko‘chasidagi 2-, 17- va 18-uylar atrofi bo‘yicha yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Yashnobod tumani ekologiya bo'limining inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

📌O‘rganish davomida hududda mavjud qurigan daraxtlar holati ko‘rib chiqilib, ularni kesish bo‘yicha tegishli tartibda murojaat yuborish zarurligi ma’lum qilindi.

✅Shuningdek, ekologiya inspektorlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda joyiga chiqilib, “license.gov.uz” platformasi orqali ariza topshirish jarayonida amaliy yordam ko‘rsatildi hamda masala nazoratga olindi.

Slide 1 of 1