✍️Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati N.Allayorova tomonidan hududidagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
✅O‘rganish jarayonida aholiga dori vositalarini yetkazib berish sifati, narx-navoning asosliligi, dori vositalarining mavjudligi hamda saqlash sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Shuningdek, dorixonalarda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish darajasi, farmatsevt xodimlarning malakasi va aholining murojaatlariga munosabati ham o‘rganildi.
✅Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
✅Mazkur o‘rganishlar aholini sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlash, sohada shaffoflikni oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.