🟢 XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMAN KENGASHI
📍 “Aytim” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi.
Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Muhammadiyev tuman Kengashi deputati E. Normurodov nomidan “Aytim” mahallasi ovulida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
🔍 O‘rganish davomida:
✔️ “Ayollar daftari”ga kiritish uchun 5 ta toifa bo‘yicha jami 91 nafar xotin-qizning ro‘yxati shakllantirilgani;
✔️ ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar olib borilayotgani;
✔️ 2026-yilda 1 nafar ayolga 20 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilib, tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi.
👩👩👧👦 Shuningdek, mahallada notinch oilalar bilan muntazam suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy muhitni yaxshilash, nizolarni bartaraf etish hamda ajrimlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar olib borilmoqda.
📌 Xotin-qizlar faoli tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda:
— xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
— ularning bandligini ta’minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish;
— ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
— oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash;
— erta nikoh va ajrimlarning oldini olish;
— xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish.
✅ O‘rganish yakunida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.